León

León
este León esconde algo...

Ratón

Ratón
y este Ratón también...

martes, 29 de diciembre de 2009

Uzbeko

Bir bor ekan bir yo’q ekan. Qadim o’tgan zamonda bir sichqoncha bo’lgan ekan. Bir kuni sichqoncha inidan chiqishi bilan bahaybat sherga duch kelibdi.




Sher uni yemoqchi bo’libdi. Iltimos, Sher aka, meni yemang bir kuni sizga nafim tegib qolar debdi sichqon. Shunda Sher „Sanga o’xshash mishqini menga qanday nafi tegar ekan?“ debdi.





Sichqonning kichikligini ko’rib Sherning unga rahmi kelibdi va qo’yib yuboribdi. Kunlardan bir kuni sichqon qattiq o’kirgan ovoz eshitib qolibdi. Bu o’sha Sher ekan.




Ovoz chiqqan joyga borib qarasa, bu Sherni tuzoqqa tushganini ko’ribdi. „Men seni qutqaraman“ debdi Sichqon. „Sen, sen bunaqa ish qilish uchun juda kichkinalik qilasan debdi“ Sher.




Sichqon tuzoq iplarini tishlari bilan g’ajib tashlabdi va Sher ozodlikka chiqibdi.





O’sha kundan beri ular bir birlari bilan to abad do’st bo’lib qolishibdi.

1 comentario:

  1. en Tashkent(Uzbekistán), se encuentra la Universidad Internacional Westminster, que muy generosamente envió por correo lo siguiente.

    ResponderEliminar